Haqiqiy loyihalar yaratish orqali Full-Stack dasturlashni yuqori darajada o'zlashtiring. Ushbu intensiv kursda biz dunyodagi eng mashhur va murakkab platformalar — Telegram, X (Twitter), Notion, Google Drive va Jira ilovalarining to'liq ishlovchi klonlarini noldan qurib chiqamiz. Nazariyadan qochib, faqat amaliyotga yo'naltirilgan ushbu darslar orqali siz Next.js va Nuxt.js freymvorklarining eng zamonaviy imkoniyatlaridan foydalanishni, murakkab tizim arxitekturasini loyihalashni va professional darajadagi web-ilovalarni ishlab chiqishni o'rganasiz.
Xozirda mashhur JavaScript frameworklaridan biri bo'lgan VueJSni to'liq o'rganing. VueJS darslari to'liq kurs o‘zbek tilida. Ushbu kursda siz VueJS asoslari, komponentlar tuzilishi, reaktivlik va Vue Router kabi muhim tushunchalar bilan tanishasiz. O'quv davomida Vuex yordamida to‘liq **fullstack loyiha** qurib, bilimlaringizni amaliyot orqali mustahkamlaysiz. Bundan tashqari, Pinia, server bilan ishlash va backend bilan integratsiya kabi mavzularni ham qamrab olganmiz. Real loyihalar yordamida VueJS orqali professional darajadagi veb-ilovalarni yaratishni o'rganing!
Xozirda mashhur JavaScript frameworklaridan biri ReactJSni to'liq o'rganing. ReactJS darslari to'liq kurs o'zbek tilida. ReactJS amaliyot va loyihalar. Ushbu kursda siz ReactJS ga oid barcha keraklik ko'nikmalarga ega bo'lasiz va hamma bilimlarni amaliy loyihalar yordamida mustahkamlaysiz. Redux va Redux toolkit nima ekanligini va uni qanday qo'llash kerakligi haqida ham keraklik ma'lumotlarni ushbu kursda topishingiz mumkin, va albatta loyihalar yordamida bilimlarimizni mustahkamlaymiz.
Murakkab to'liq backend kurs. Siz ushbu kursda murakkab mavzularni to'liq o'rganasiz. Access token va Refresh token yordamida to'liq avtorizatsiya, Foydalanuvchini emailga profilni aktivatsiya qilish uchun email yuborish, Parolni unutsa email orqali parolni tiklash, Middleware foydalanuvchini xolatiga ko'ra, Dasturga faqat biz xohlagancha user kira oladigon, ReactJS cliet qismi uchun, Zustand state manegment, Tanstack react query so'rovlarni optimillashtirish hullas eng muhim va chuqur mavzularni o'rganasizlar.
Webpack kursi – bu zamonaviy JavaScript loyihalarini tuzish va optimallashtirish uchun zarur bo‘lgan barcha bilimlarni jamlagan mukammal qo‘llanma. Modul tizimi, loader’lar, plugin’lar, code splitting va production build – hammasi bir joyda.
Ushbu kursda siz Angular 9 dan to 20-versiyagacha bo'lgan o‘zgarishlarni amaliy misollar bilan chuqur o‘rganasiz. Kurs yangi boshlovchilar uchun ham, tajribali frontend dasturchilar uchun ham foydali bo‘lib, modern Angular arxitekturasi, komponentlar, @Input/@Output, Reactive Forms, HttpClient, va Routing kabi fundamental tushunchalardan boshlab, NgRx bilan state management, Actions, Reducers, Effects va Selectorsni ham to‘liq tushunishga yordam beradi. Kursni tugatganingizda, siz zamonaviy Angular ilovalarini to‘liq mustaqil yozish, katta kod bazalarni boshqarish va state management’ni mukammal tushunish darajasiga erishasiz.
Kurs NodeJS-ni o'rnatishdan tortib, tugallangan dasturni joylashtirish va uni serverda joylashtirishgacha bo'lgan asosiy ma'lumotlarni taqdim etadi. NodeJS o'zbek tilida to'liq kurs
Telegram bot xozirda biznes egalari o'z bizneslarini aynan telegram bot orqali rivojlantirishga xarakat qilishmoqda, sababi esa o'zbekistonda eng rivojlangan ijtimoiy tarmoq aynan telegram bo'lganligi uchun. Xozirgi kunda telegram bot orqali nafaqat oddiy botlar, siz o'zingizni web dasturingizni ham aynan telegram botinigiz uchun integratsiya qilib ko'rishingiz mumkin bo'ladi.
Backend olamidagi mashhur frameworklardan biri NestJS. O'zinig arxitekturasi va strukturulari bilan ajralib turadi. Va ikki kara tezroq ishlaydi. NestJS o'zbek tilida, amaliy loyihalar.
Ushbu kurs JavaScript asoslarini biladiganlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, sizni TypeScript tilining imkoniyatlari bilan chuqur tanishtiradi. Asosiy va murakkab tiplar, interfeyslar, klasslar, generic'lar, conditional va mapped type'lar, dekoratorlar hamda modullilikni o‘rganasiz. Har bir modulda nazariy bilimlar va live-coding orqali amaliy mashg‘ulotlar mavjud. Yakunda siz kengaytiriladigan CLI-utility loyihasini ishlab chiqasiz va dizayn patternlari yordamida kuchli arxitekturani qurishni o‘rganasiz. Frontend va backend sohalarida TypeScript'ni jiddiy o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun ideal tanlov!
Foundation to'liq kurs o'zbek tilida. HTML, CSS, JavaScript (BEM), Bootstrap, SASS (SCSS) va amaliy loyihlar barchasi bitta kurs va asosiysi mutloqo bepul. O'zingizni birinchi web saytingizni yashashingiz mumkin va uni hosting joylashni ham sizga batafsil ma'lumot beramiz.
Eng mashhur dasturlash tillaridan biri xisoblangan Javascript haqida to'liq kurs. Ushbu kursda siz JavaScriptni to'liq amaliyot yordamida o'rganishingiz mumkin, xar bir nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llab. Telegram bot yordamida integratsiya qilib, loyihalar quramiz. Webpack yordamida loyihani modullarga bo'lish, json-server bilan ishlash, server bilan ishlash va yana juda ham ko'p kerakli bo'lgan texnologiyalar va ma'lumotlar.